Bu sayt test rejimida ishlamoqda — undagi ma’lumotlar faqat namuna uchun, rasmiy manba emas.

Asosiy kontentga o‘tish
Strategik qarash

Vazifa, maqsad va asosiy qadriyatlar

Zamonaviy marketing bilimlari, raqamli kompetensiyalar va tadbirkorlik tafakkuriga ega, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash hamda marketing sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish.

Bizning vazifamiz

Zamonaviy marketing bilimlari, raqamli kompetensiyalar va tadbirkorlik tafakkuriga ega, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash hamda marketing sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish.

Bizning maqsadimiz

Markaziy Osiyoda marketing ta’limi, iste’molchi tadqiqotlari va brend boshqaruvi bo‘yicha yetakchi ilmiy-ta’lim klasteriga aylanish.

4 asosiy qadriyatlarimiz

Akademik halollik

Plagiatga toqatsizlik, shaffof baholash va xolis ilmiy etika.

Innovatsion tafakkur

Big Data, sun’iy intellekt va raqamli tahlil vositalarini o‘zlashtirish.

Amaliyotga yo‘naltirilganlik

Nazariy bilimlarni real bozor muammolarini hal qilishga yo‘naltirish.

Ijtimoiy mas’uliyat

Iste’molchi huquqlarini hurmat qilish va halol marketing amaliyoti.

Kafedra haqida

Faoliyat yo‘nalishlari

  • 1Ta’lim: bakalavriat va magistratura fanlarini o‘qitish, sillabus va O‘UM ishlab chiqish
  • 2Ilmiy: marketing tadqiqotlari, grant loyihalari, doktorantlarga rahbarlik
  • 3Uslubiy: darslik va o‘quv qo‘llanmalar, ochiq darslar, malaka oshirish
  • 4Hamkorlik: ish beruvchilar, xorijiy OTMlar va tarmoq korxonalari bilan
  • 5Ma’naviy-ma’rifiy: talabalar bilan tarbiyaviy ishlar, to‘garaklar

Kelajak istiqbollari

Strategik rivojlanish rejasi

01

Xalqaro nashrlar va reytinglarda o‘rin egallash

Scopus Q1/Q2 nashrlari sonini yiliga 10 taga yetkazish va h-index ko‘rsatkichlarini ikki barobar oshirish.

2026–2030
02

Ikki diplomli magistratura dasturini ishga tushirish

Universiti Malaya va Universität Wien bilan qo‘shma magistratura dasturini joriy etish.

2026–2030
03

Raqamli marketing laboratoriyasini kengaytirish

Eye-tracking va neyromarketing uskunalarini ta’lim jarayoniga to‘liq integratsiya qilish.

2026–2030
Yutuqlar